Matndan video
G'oyani yozing — 4 dan 15 soniyagacha kinematografik video, kerak bo'lsa ovozi bilan.
Nima ko'rmoqchi ekaningizni o'zbekcha yozing — Protos uni bir necha daqiqada videoga, rasmga yoki diktor ovoziga aylantiradi. Kling, Veo, Seedance, Sora va Nano Banana — hammasi bir joyda.
Google akkaunt bilan bir tugmada kirasiz · to'lov Payme va Click orqali
Kontent uchun kerakli hamma narsa: Reels, Shorts, YouTube, reklama va loyihalaringiz uchun.
G'oyani yozing — 4 dan 15 soniyagacha kinematografik video, kerak bo'lsa ovozi bilan.
Suratingizni yuklang — Protos undan harakatlanuvchi video yasaydi.
Posterlar, muqovalar, illyustratsiyalar va rasmni tahrirlash — 2K sifatgacha.
Matnni professional ovozga aylantiring — video va hujjatli filmlar uchun MP3.
Oddiy modellar tez va arzon, premium modellar esa eng yuqori sifat va ovoz beradi.
Parol kerak emas — bir tugma bosib, Gmail akkauntingizni tanlaysiz.
Model, o'lcham (Reels, YouTube, post) va davomiylikni tanlang. Narx tugmada oldindan ko'rinadi.
Tayyor video yoki rasmni ko'rasiz va yuklab olasiz. Hammasi «Tarix»da saqlanadi.
Obuna yo'q. Balansni Payme yoki Click orqali so'mda to'ldirasiz, har bir ish uchun aniq narx yechiladi.
Protos AI — o'zbek tilidagi sun'iy intellekt studiyasi. Unda matndan yoki rasmdan video, yangi rasm va diktor ovozi yaratish mumkin. Sayt telefon va kompyuter brauzerida ishlaydi, hech narsa o'rnatish shart emas.
Alohida parol kerak emas. Studiyada «Google bilan kirish» tugmasini bosib, Gmail akkauntingizni tanlaysiz — tamom.
Kirish bepul. Balansni Payme yoki Click orqali so'mda to'ldirasiz, har bir rasm yoki video uchun balansdan yechiladi. Narx model, davomiylik va sifatga qarab har bir tugmada oldindan ko'rsatiladi. Xato bilan tugagan ish uchun pul avtomatik qaytariladi.
Video: Kling 2.5 Turbo, Kling 3.0 Pro, Veo 3.1 va Veo 3.1 Fast, Seedance 2.0, Sora 2 Pro. Rasm: Nano Banana 2, Nano Banana Pro, Seedream 4.5. Ovoz: ElevenLabs.
Ha. Sayt telefon, planshet va kompyuterda ishlaydi — ilova o'rnatish shart emas.
Ha, o'zbekcha, ruscha yoki inglizcha yozishingiz mumkin. Studiyadagi «boyitish» tugmasi tavsifingizga kino uslubi va kamera harakatlarini qo'shib beradi.
Google akkaunt bilan kiring va birinchi g'oyangizni yozing.